» » Tramp: Damashq Sharqiy Gutadagi kimyoviy hujum uchun javob beradi

Tramp: Damashq Sharqiy Gutadagi kimyoviy hujum uchun javob beradi


Suriyadagi Sharqiy Guta deeskalatsiya zonasida kimyoviy hujum uyushtirgan tomon og‘ir badal to‘laydi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.

Oldinroq Sharqiy Gutaga uyushtirilgan kimyoviy hujum oqibatida 70 kishi halok bo‘lgani bildirilgan edi.

“Suriyadagi aqlsiz kimyoviy hujum oqibatida ko‘plab odamlar, shu jumladan, bolalar va ayollar halok bo‘ldi. Vahshiylik hududi yopilib, Suriya armiyasi tomonidan o‘rab olingan, bu uni tashqi dunyodan uzib qo‘yadi”, — deb yozdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.

U hududni darhol ochishni talab qildi va Damashq buning uchun og‘ir badal to‘lashini ta’kidladi.

Bundan tashqari, Tramp “hayvon Asadni” qo‘llab-quvvatlayotgan Rossiya va Eronni tanqid qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2018, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют