» » O‘zbekistonlik 12 yoshli qiz shaxmat bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempioniga aylandi

O‘zbekistonlik 12 yoshli qiz shaxmat bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempioniga aylandi


Kecha, 8-aprel kuni Tailand davlatining Chaingmay shahrida shaxmat bo‘yicha 8, 10, 12, 14, 16 va 18 yoshgacha o‘smirlar o‘rtasida blis yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Olamsport”.

Chempionat 9 turdan iboratdan bo‘lib, shveysarcha tizimda, 3+2 vaqt nazorati bo‘yicha tashkil etildi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, 12 yoshgacha qizlar o‘rtasida Umida Omonova 9 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg‘ardi va Vyetnam, Hindistondan bo‘lgan raqibalarini ortda qoldirib, Osiyo chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Abdimalik Abdisalimov 16 yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida Osiyo chempionatining kumush medalini qo‘lga kiritdi.

9 aprel kuni musobaqaning standart yo‘nalishining so‘nggi turi start olgan bo‘lib, unda Umida Omonova hamda Abdimalik Abdisalimov navbatdagi Osiyo chempionati medallari uchun yuqori imkoniyatga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 36) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют