» » Leykoz bilan og‘rigan bolaning onasi: O‘g‘limni davolatamiz, deb qarzga botdik

Leykoz bilan og‘rigan bolaning onasi: O‘g‘limni davolatamiz, deb qarzga botdik


“Daryo” tahririyatiga Buxoro viloyati Jondor tumanida tug‘ilgan, ayni vaqtda Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti klinikasi 1-bolalar kunduzgi bo‘limida oqqondan davolanayotgan 4 yoshli Jo‘rabek Asqarovning onasi murojaat qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, oila Jo‘rabekni davolatish uchun qarindosh-urug‘lardan qarz so‘rashga majbur bo‘lgan, hozirda umumiy qarz miqdori 8 ming dollarni tashkil etgan.

Oila boshlig‘i farzandining dorilarini sotib olish va qarzlarni uzish maqsadida Rossiyaga ishlash uchun ketgan edi. Biroq, bir muddatdan so‘ng Rossiyadan mudxish xabar keldi: Jo‘rabekning otasi baxtsiz hodisa sabab boshidan jarohat olgan va og‘ir jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan. Endilikda, nafaqat Jo‘rabek, balki uni davolatish uchun ishlashga ketgan oila boshlig‘i ham moddiy va ma’naviy ko‘makka muhtoj bo‘lib qoldi.

Jo‘rabekning onasi Shahnoza Saidovaning so‘zlariga ko‘ra, u hozirda farzandining salomatligini tiklash uchun Toshkent shahrida ijaraga uy olib yashashga majbur. Buxoroda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan Shahnoza Saidova o‘g‘liga qaragani uchun hozirda ishlay olmayapti. O‘g‘lining dori-darmonlari, muolajalaridan orttirib, har oy 150 AQSh dollari miqdorida ijara to‘laydi.

“O‘g‘lim 2017-yil 6-sentabrdan boshlab gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanib kelyapti. Kelganimizda ahvoli og‘ir edi. Qonidagi gemoglabin miqdori 40 ga tushib ketgan, badanida ko‘karishlar paydo bo‘lgan, isitmasi esa 39—40 dan tushmas edi. Bolalar bo‘limida 45 kun davomida 7 ta qon, 2 ta plazma, 8 ta trombasit va 5 marta kimyo terapiyalarini oldi.

2017-yil 21-oktyabrdan davolanishni kunduzgi bo‘limda boshladik. Birinchi kursimizda 45 million atrofida mablag‘ sarflaganmiz. Keyingi kurslarida ham tez-tez shamollab qolardi. Shu sabab ko‘p xarajat bo‘lib qolardi. 2 marta qon quyishdi. Farzandimga 96 foizlik oq qon tashxisi qo‘yilgan. Moskvaga tahlil jo‘natganimizda, u yerdan ham oq qon javobi kelgan. Ahvolida ijobiy o‘zgarishlar bor.

3 ta kursni tugatdi. To‘rtinchi kurs kuchli kimyo terapiya muolajalarini olyapti.

2 oydan so‘ng qo‘llab-quvvatlovi boshlanadi. Chet elga olib chiqish shartmas, chunki shu yerda ham tuzalib ketganlar ko‘p. Qo‘llab-quvvatlovi 2 yil davom etadi, 9 ta kursdan iborat. Har bir kursiga 2—3 ming dollardan ortiq mablag‘ talab etiladi. Har kurs 2 oyni, ya’ni 8 haftadan iborat. Bundan tashqari, uning boshqa davolanish kurslari uchun yana katta mablag‘ talab etiladi”, — deydi Shahnoza Saidova.

Jo‘rabekning ko‘zlariga boqar ekansiz, og‘ir dard ham bolaning nigohlaridagi kelajakka ishonch va umid uchqunlariga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaganini ko‘rasiz. Bolakay murg‘ak qalbi bilan hali hammasi yaxshi bo‘lib ketishiga ishonmoqda, yaxshilardan najot kutmoqda!

Jo‘rabekning sog‘ayib ketishiga hissa qo‘shaylik!

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Xayriya qilmoqchi bo‘lgan tashkilot kompaniyalar, yuridik shaxslar uchun:

Agro bank Buxoro filiali amaliyot bo‘limi rekzvizitlari: MFO: 00097. Hisob raqami: 2312 0000 5000000 97001

Plastik karta orqali:(Click, Payme) Shahnoza Saidova.

Agrobank: 8600-0423-3059-4275

Onasi Shahnoza Saidovaning telefon raqami:+99891 419 82 87



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют