» » 3 yildan beri leykoz bilan kurashayotgan Umidjonning orzulari bisyor

3 yildan beri leykoz bilan kurashayotgan Umidjonning orzulari bisyor


“Daryo” tahririyati og‘ir kasallikka chalingan fuqarolar va yosh bolalarga xayriya yordami ko‘rsatish maqsadida “Mehridaryo” ruknini tashkil etdi. Ushbu rukn orqali moddiy ko‘makka muhtoj bemorlar haqida ma’lumot berib boriladi.

18 yoshli Umidjon Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. Uning oilasi mahallada kam ta’minlangan oilalar ro‘yxatida turadi. Uch yil avval taqdirning Umidjonga hozirlab qo‘ygan sinovli kunlari boshlandi. Ayni kuch-quvvatga to‘lib toshgan, qo‘lidan ish keladigan, o‘qib-izlanadigan yoshga yetgan o‘smir og‘ir kasallikka chalindi. Shifokorlar tomonidan qo‘yilgan tashxis bolaning o‘zi va uning yaqinlarini shoshirib qo‘ydi.

Holsiz, ishtahasiz va suyaklarida kuchli og‘riqlar uning Umidjonni butkul to‘shakka mixlab qo‘ydi.

U uch yildirki asosiy vaqtini kasalxonada o‘tkazmoqda. Shu paytga qadar 20 marta qon, 25 marta tromb quyildi va 18 ta kimyoterapiya muolajalarini oldi.

Umidjonning navbatdagi kimyoterapiya muolajalari boshlanish arafasida. Lekin uning ota-onasi ushbu kasallikni davolovchi dorilarni sotib olib berishga qiynaladi.

Yigitning yaqinlarining so‘zlariga ko‘ra, hozirda har bir kurs muolajalari uchun 2000 dollar atrofida mablag‘ talab etiladi. Shu kungacha ham uning dorilari uchun qarindoshlardan qarz olishga majbur bo‘lgan oila hozirda 2500 dollar qarzdorlikka ega.

Umidjonning umid to‘la ko‘zlariga boqar ekansiz, ularda olam-olam orzular aks etganining guvohi bo‘lasiz. Orzularning eng kattasi esa — sog‘lom hayotga qaytish, tengdoshlari qatori jamiyat ravnaqiga hissa qo‘shuvchi inson bo‘lib yetishish…

Umidbekning orzulari ushalishiga hissa qo‘shaylik!

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali: (Click, Payme) Zulfiya Uzoqova

Agrobank: 8600-0417-1976-5787

Xalqbank: 8600-0602-4041-4434

(Usmonov Umid nomiga ochilgan)

Xalq banki amaliyot bo'limi Qashqadaryo viloyati Kitob tumani  filiali rekvizitlari:

TKO:429

20206000 499033 487003. Uzoqova Zulfiya

Onasi Zulfiya Uzoqovaning telefon raqami: +99890 443 25 08

Telegram: +99891 212 23 70



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют