» » Rossiyaning Samara viloyatida yil boshidan buyon qariyb 200 nafar noqonuniy muhojir chiqarib yuborildi. Ularning ko‘pchiligi — o‘zbekistonliklar

Rossiyaning Samara viloyatida yil boshidan buyon qariyb 200 nafar noqonuniy muhojir chiqarib yuborildi. Ularning ko‘pchiligi — o‘zbekistonliklar


2018-yil boshidan buyon Rossiyaning Samara viloyatida sud ijrochilari 178 nafar chet ellik muhojirlarni mamlakatdan chiqarib yubordi, deb yozadi “Mangazeya” axborot agentligi. Ularning 122 nafari o‘z mablag‘lari hisobidan jo‘nab ketgan. Ta’kidlanishicha, muhojirlarning ko‘pchiligini O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Xitoy va Vyetnam fuqarolari tashkil qiladi.

Ular ko‘pincha Rossiyaga nazorat-o‘tkazish punktlari orqali kiradi, bu esa viza olishni talab etmaydi. Ammo ruxsat berilgan 90 kunlik muddat o‘tganidan keyin fuqarolar o‘z ixtiyori bilan mamlakatni tark etishga shoshilmaydi, va bu bilan Rossiya migratsiya qoidalarini buzadi.

Ushbu xatti-harakat majburiy ravishda Rossiya hududidan tashqariga chiqarib yuborish va 2 dan 5 ming rublgacha jarimaga tortish bilan jazolanadi. Bu shaxslar Rossiyaga kamida 5 yildan keyingina qaytib kela oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют