» » O‘zbekistonning sof oltin-valyuta zaxiralari hajmi 27 mlrd dollarni tashkil etdi

O‘zbekistonning sof oltin-valyuta zaxiralari hajmi 27 mlrd dollarni tashkil etdi


O‘zbekistonning sof oltin-valyuta zaxiralari hajmi 2018-yil 1-aprel holatiga ko‘ra 27 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bu mart oyi boshidagi ko‘rsatkich (26,9 milliard dollar)ga nisbatan 151,6 million dollarga ko‘p demakdir.

Yalpi oltin-valyuta zaxiralari hajmi 28,4 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lib, shundan 14,5 milliard dollar xorijiy valyutadagi aktivlar, 13,9 milliardi esa monetar oltindir.

Xorijiy valyutadagi aktivlar hajmi bir oyda 198 million dollarga, monetar oltin miqdori 355 million dollarga ko‘paygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют