» » Sukerberg Facebook nomidan uzr so‘radi va yana O‘zbekistonni tilga oldi

Sukerberg Facebook nomidan uzr so‘radi va yana O‘zbekistonni tilga oldi


Facebook asoschisi Mark Sukerberg 10-aprel, seshanba kuni AQSh senati qarshisida nutq so‘zladi, deb yozadi Spot.

Sukerberg katta hajmdagi shaxsiy ma’lumotlarning tarqalib ketishi yuz berganini va undan siyosiy konsaltingga ixtisoslashgan Cambridge Analytica kompaniyasi foydalanib qolganini tan oldi. Ijtimoiy tarmoq ma’lumotlariga ko‘ra, tadqiqotchi Aleksandr Kogan so‘rov dasturini yaratgan, u 300 mingga yaqin foydalanuvchiga o‘rnatilgan. Servis foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlaridan foydalangan, so‘ng ularning 10 million nafar do‘stlari haqidagi ma’lumotni ham qo‘lga kiritgan.

Mark Sukerberg foydalanuvchilar qarshisida uzr so‘radi va ma’lumotlarning tarqalib ketishi uning xatosi bo‘lganini aytib, aybni o‘z bo‘yniga oldi.

Sukerbergning so‘zlariga ko‘ra, shov-shuv yuzasidan kompaniya ichki tekshiruv o‘tkazmoqda.

Senatdagi nutqida Facebook asoschisi yana bir bora O‘zbekistonni tilga oldi va Rossiyaning “trollar fabrikasi” sifatida mashhur bo‘lgan “Internet tadqiqotlar agentligi” (Internet Research Agency, IRA) kompaniyasiga tegishli bo‘lgan 270 dan ortiq sahifa va akkauntlar bir nechta mamlakatlar, shu jumladan, O‘zbekistonning rus tilida so‘zlashuvchi aholisiga qaratilgan targ‘ibotni tarqatganini tasdiqladi.

Avvalroq Mark Sukerberg o‘z kompaniyasi Rossiyaning “trollar fabrikasi” sifatida mashhur bo‘lgan “Internet tadqiqotlar agentligi” (Internet Research Agency, IRA) kompaniyasiga tegishli bo‘lgan 270 dan ortiq sahifa va akkauntlarni aniqlab, bloklab qo‘yganini ma’lum qilgan edi. “Bloklab qo‘yilgan akkaunt va sahifalar Rossiyada yashaydigan odamlarga, shuningdek, Ozarbayjon, O‘zbekiston va Ukraina kabi qo‘shni mamlakatlardagi rus tilida so‘zlashuvchilarga ham qaratilgan edi”, — degan edi Sukerberg.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют