» » YeChL. “Yuventus” bugun kambek qilish uchun “Real” maydoniga safar qiladi, “Bavariya” esa “Sevilya” bilan jang qiladi

YeChL. “Yuventus” bugun kambek qilish uchun “Real” maydoniga safar qiladi, “Bavariya” esa “Sevilya” bilan jang qiladi


Kecha, 10-aprel sanasida Yevropa Chempionlar Ligasining ikki yarim finalchisi nomi ma’lum bo‘ldi.

Yurgen Kloppning “Liverpul”i ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, Xosep Gvardiolaning  “Manchester Siti”sini 5:1 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

1/4 final bosqichining eng katta sensatsiyasi Rimda qayd etildi. Birinchi uchrashuvni safarda “Barselona”ga qarshi o‘tkazib, 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan “Roma” o‘z maydonida Leo Messi jamoadoshlarini ayab o‘tirmadi. Hisob 3:0 rimlik “bo‘rilar” foydasiga va “Roma” finalda!

Bugun, 11-aprel sanasida Yevropa Chempionlar Ligasining yana ikki yarim finalchisi nomi ma’lum bo‘ladi.

Ulardan biri Myunxenda “Bavariya” hamda “Sevilya” jamoalari o‘rtasida kechadi. Yupp Xaynkes shogirdlari dastlabki o‘yinda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. Bugun esa Montella shogirdlari kecha “Roma” bajargan ishni “Alyans Arena”da takrorlab ko‘rishga harakat qilsa ajab emas. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi. Bellashuv UzReport telekanali tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda uzatiladi.

Madridda “Real” Turinning “Yuventus” jamoasini qabul qiladi. Dastlabki uchrashuv Zidan shogirdlarining 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlangan edi. “Yuventus” esa bugun o‘sha mag‘lubiyatni yo‘qqa chiqarish uchun maydonga tushadi. Ammo turinliklar safida bir nechta yo‘qotishlar bor. Jumladan, Paulo Dibala o‘tgan o‘yindagi olingan qizil kartochka sabab uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. “Real” safida esa yig‘ilib qolgan sariq kartochkalar sabab, jamoa sardori Serxio Ramos maydonga tusha olmaydi. Uchrashuv 23:45 da boshlanadi. O‘yin Futbol-TV telekanali tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri efir orqali translyatsiya qilinishi rejalashtirilgan.

Yevropa Chemionlar Ligasi

Chorak final javob uchrashuvlari

11-aprel, chorshanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют