» » Aktam Haitov Fermer xo‘jaliklari kengashi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Aktam Haitov Fermer xo‘jaliklari kengashi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi


Bunga qadar bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimida ishlagan Aktam Haitov O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Ushbu qaror kengash hay’atining Toshkentda bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida qabul qilingan. Kengash raisi lavozimini egallab turgan Bahodir Yusupov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan vazifasidan ozod qilindi.

Yig‘ilishda sohani isloh qilish, qishloq xo‘jaligi ekinlari maydonlari, jumladan aholining tomorqa dalalaridan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek ilm-fan va ilg‘or texnologiyalar yutuqlarini joriy etish orqali ishlab chiqarish hajmlarini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Aktam Haitov (1974-yilda tug‘ilgan) o‘tgan yilning yozida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri etib tayinlangan edi. Unga qadar O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash agentligi (“O‘zstandart”) bosh direktori bo‘lib ishlagan.

2006—2014-yillarda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan (unga qadar vazir v. b.). 2014-yil sentabridan esa “Biokimyo” AJning iqtisodiyot va rejalashtirish bo‘yicha direktori bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют