» » 12-aprel kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi

12-aprel kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi


12-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 5—7, kunduzi 22—24 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar beradi O‘zA.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechasi 5—10, kunduzi 20—25 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi 6—11, kunduzi 22—27 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechasi 5—10, kunduzi 22—27 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi 8—13, kunduzi 22—27, ayrim joylarda 30 darajagacha iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi 3—8, kunduzi 15—20 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida kechasi 0—5, kunduzi 13—18 daraja iliq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют