» » 16-mart kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi

16-mart kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi


16-mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Kechasi 1—3 daraja sovuq, kunduzi 9—11 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar beradi O‘zA.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tog’li hududlarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechasi 3—8 daraja sovuq, kunduzi 8—13 daraja iliq, Ustyurtda kechasi 5—10 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi. Xorazm viloyatida kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 10—15 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi 0—5 daraja iliq, ayrim joylarda 1—3 darajagacha sovuq, kunduzi 10—15 daraja iliq bo‘ladi. Cho‘l hududlarida kechasi 3—8 daraja sovuq, kunduzi 6—11 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechasi 0—5 daraja iliq, ayrim joylarda 1—3 darajagacha sovuq, kunduzi 7—12 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi 0—5 daraja iliq, ayrim joylarda 1—3 darajagacha sovuq, kunduzi 12—17 daraja iliq bo‘ladi. Surxondaryo viloyatida kechasi 3—8, kunduzi 15—20 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi 0—5 daraja iliq, ayrim joylarda 1—3 darajagacha sovuq, kunduzi 8—13 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida kechasi 2—7 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 18:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 48) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют