» » Superliga. “Lokomotiv” yana qizil kartochka olgan o‘yinda legionerlar “Nasaf”ga irodali g‘alabani taqdim etdi

Superliga. “Lokomotiv” yana qizil kartochka olgan o‘yinda legionerlar “Nasaf”ga irodali g‘alabani taqdim etdi


Bugun, 11-aprel sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi bahslarining 6-turiga start berilgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.

Kun taqvimidan uchta uchrashuv o‘rin olgandi. Ularning barchasi o‘z nihoyasiga yetdi.

Jizzaxda “So‘g‘diyona” hamda Namanganning “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv mezbonlarning irodali g‘alabasi bilan yakunlandi. Ikkinchi o‘yin Toshkentda “Bunyodkor” va Bekobodning “Metallurg” jamoalari o‘rtasida kechib, unda Qosimov shogirdlarining qo‘li baland keldi.

Biroz avval Qarshida “Nasaf” hamda “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Avvaliga 54-daqiqada “Loko” hisobni ochdi. Gol muallifi Diyor Turopov. Oradan 6 daqiqa o‘tib, “temiryo‘lchilar” himoyachisi Islom To‘xtaxo‘jayev hakam tomonidan ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. Bundan ruhlangan “Nasaf” a’zolari birin-ketin 64 hamda 70-daqiqada Igor Golban va Dragan Cheranlarning urgan goli evaziga g‘alabani o‘z tomoniga og‘dira oldi. Shu tariqa uchrashuv mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Amaldagi chempion “Lokomotiv” esa bu mag‘lubiyatdan keyin musobaqa jadvalida 9-o‘ringa tushib ketdi.

Ma’lumot uchun 5-tur uchrashuvida “Lokomotiv” legioneri Nivaldo qizil kartochka olib maydonni tark etgan edi.

Superliga

6-tur bellashuvlari

11-aprel, chorshanba

Gollar: 0:1 — 54 Diyor Turopov. 1:1 — 64 Igor Golban. 2:1 — 70 Dragan Cheran.

Chetlatish: 60, Islom To‘xtaxo‘jayev (L)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2018, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют