» » Foto: O‘zbekistonda “Yosh vatandoshlar” festivali bo‘lib o‘tdi

Foto: O‘zbekistonda “Yosh vatandoshlar” festivali bo‘lib o‘tdi


Oldinroq xabar berilganidek, ilk bor O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tashabbusi bilan xorijdagi yosh yurtdoshlar bilan birga “Yosh vatandoshlar” festivali bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga festival tashkilotchilari ma’lum qildi.

Festivaldan ko‘zlangan maqsad xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni mamlakatning boy madaniy merosi, azaliy qadriyatlari, urf-odatlar va, eng asosiysi, yoshlarning hayoti bilan yaqindan tanishtirishdir. Shuningdek, o‘zaro muloqot muhitini shakllantirish, ularning tajribalaridan unumli foydalanish va O‘zbekistondagi islohotlarga jalb qilish, investitsiya kiritishga targ‘ib qilish ham mo‘ljallangan.

Tadbir 11-aprel kuni Toshkent shahrining Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilari  jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga guvoh bo‘lib, o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Unda  AQSh, Rossiya, Yaponiya, Turkiya, Pokiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Xitoy, Finlyandiya, Shveysariya, Ispaniya, Fransiya, Italiya, Germaniya kabi qator nufuzli mamlakatlari yoshlari ishtirok etdi.

Turli mamlakatlardan kelgan mehmonlar davra suhbatida O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining kelgusida qilinadigan ishlar rejasini o‘zaro muhokama qilib, fikr almashdi. Davra suhbati davomida assotsiatsiya vakillari ish faoliyatlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi va kelgusidagi istiqbolli masalalar bo‘yicha taklif va mulohazalar o‘rtaga tashlanib fikr almashildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2018, 19:50)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 60) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют