» » Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda loyihalar samaradorligini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda loyihalar samaradorligini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi


Mirzaobod tumanida Sirdaryo viloyati iqtisodiyotini rivojlantirishga doir loyihalar taqdimoti o‘tkazildi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Social web solution dasturiga alohida e’tibor qaratdi. Bu dastur elektron savdoni kengaytirish, internet orqali ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish borasida aholiga ko‘plab qulayliklar yaratadi.

Davlat rahbari dastur tashabbuskorlarini qo‘llab-quvvatlash, undan foydalanishni kengaytirish zarurligini ta’kidladi.

Shu yerda Sirdaryo viloyatida baliqchilik, chorvachilik, ipakchilik va konchilikni rivojlantirish, sholi yetishtirish, lalmi va tomorqa yerlardan samarali foydalanish, irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilishga qaratilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar va xorijlik investorlar bilan muloqot qildi, loyihalar samaradorligini oshirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2018, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют