» » Jismoniy shaxslarga taksi xizmatlari ko‘rsatish huquqi berilishi haqidagi xabar inkor etildi

Jismoniy shaxslarga taksi xizmatlari ko‘rsatish huquqi berilishi haqidagi xabar inkor etildi


O‘zbekistonda 2018-yilning 1-iyundan boshlab yengil avtomobilga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkor shaklida yo‘nalishli taksi sifatida yo‘lovchilarni tijorat asosida tashish huquqi berilishi haqidagi xabar asossiz bo‘lib chiqdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Qonunchilik hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmonida bunday punkt mavjud emas.

Qayd etilishicha, farmon loyihasida yakka turdagi tadbirkorlarga taksi xizmatlari ko‘rsatish huquqini berish, shuningdek yo‘nalishli taksilarga nazorat-kassa mashinalari hamda radioaloqa vositalarini o‘rnatish talabini bekor qilish haqidagi punkt ham bo‘lgan. Biroq, Farmonning eng so‘nggi tahririga bu takliflar kiritilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2018, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют