» » Shavkat Mirziyoyev: Yo‘l qurilishiga shuncha pul ajratayapmiz. Lekin yo‘llarimizning sifati yo‘q

Shavkat Mirziyoyev: Yo‘l qurilishiga shuncha pul ajratayapmiz. Lekin yo‘llarimizning sifati yo‘q


Prezident Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrining Toshkent ko‘chasida amalga oshirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu ko‘cha zamonaviy talablar asosida qayta qurilib, qatnovlar o‘rtasida xavfsizlik to‘siqlari, energiya tejamkor yoritgichlar o‘rnatilgan. Ikki yonda yashil hudud barpo etilib, gullar va manzarali daraxtlar ekilgan. Piyodalar va velosipedlar uchun yo‘laklar tashkil qilingan.

Prezident qurilish sifati va transportlar harakatiga qulayliklarni oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi. “Yo‘l qurilishiga shuncha pul ajratayapmiz. Lekin yo‘llarimizning sifati yo‘q, desak adolatdan bo‘ladi. Bu sohada qurilish hajmi, yo‘l uzunligi ortidan quvmay, avvalo sifatga e’tibor berish kerak. Bir kilometr bo‘lsayam, sifatli quringlar. O‘nlab yillar xalqimizga xizmat qilsin, odamlar rozi bo‘lsin”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident yo‘l qurilishi va ekspluatatsiyasida ishlatiladigan zamonaviy texnikalarni ham ko‘zdan kechirdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda loyihalar samaradorligini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2018, 15:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют