» » Durovning sobiq sherigi Telegram bloklanishining foydasi haqida ma’lum qildi

Durovning sobiq sherigi Telegram bloklanishining foydasi haqida ma’lum qildi


Pavel Durovning “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i ustida olib borilgan ishdagi sobiq sherigi Anton Rozenberg Telegram’ning Rossiyada bloklanishi nima uchun foydali bo‘lishi mumkinligi haqida hikoya qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Rozenbergning aytishicha, Pavel Durov hali ham “Roskomnadzor”ning talabini bajarishdan bosh tortmoqda. Rossiya bozori esa Durov uchun unchalik muhim emas, u ICO uchun pulni yig‘ib bo‘lgan, bu vaziyatdan esa g‘arb OAVida piar uchun foydalanishi mumkin. Bunda u Telegram bo‘sh kelmasligi va loyiha Rossiya bilan umuman bog‘liq emasligiga urg‘u beradi.

Rozenbergning qo‘shimcha qilishicha, sudning blokirovka qilish haqidagi qarori kutilgan edi, biroq bundan nima chqishini kuzatish qiziq.

Moskva sudi “Roskomnadzor”ga Telegram’ni Rossiyada bloklashga ruxsat berdi. Messenjer foydalanuvchilarning xabarlarini ochish kalitlari taqdim etilmaguncha bloklanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2018, 09:58)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют