» » Qo‘qonda 110 metrli vodiyda yagona ko‘prik foydalanishga topshirildi

Qo‘qonda 110 metrli vodiyda yagona ko‘prik foydalanishga topshirildi


Qo‘qon shahrining xalq tilida “Yangi bozor” deb ataladigan hududida piyodalar uchun usti yopiq yangi ko‘prik qurildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Aziz Ermatov xabar berdi.

Ko‘prikning balandligi 7 metr, uzunligi 110, eni esa 5 metrni tashkil etadi. 5 ta chiqish-tushish zinasiga ega, zinalarning har biri 20 metrdan. Farg‘ona vodiysida yagona hisoblangan ushbu ko‘prik qurilishi uchun 3 milliard so‘m sarflandi. Yaqin orada bu yerda 2 ta zamonaviy lift o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Ko‘prik qurilgan hududda Farg‘ona vodiysidagi eng yirik ulgurji va chakana savdo majmualari joylashgan. Qo‘qon savdo, “Rizq-baraka”, “Istiqlol”, “Buyuk ipak yo‘li”, Forobiy savdo komplekslariga O‘zbekistonning barcha hududlaridan tadbirkor va xaridorlar kelishi tufayli ko‘pincha bu yerda aholi va transport tirbandligi kuzatilar edi.

Yangi ko‘prik ushbu bozorlar atrofida harakat xavfsizligini ta’minlash, aholiga qulaylik yaratishga xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2018, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют