» » OChL. “Lokomotiv” o‘z maydonida “Zob Ohan”ni yuta olmadi va pley-off yo‘llanmasidan quruq qoldi

OChL. “Lokomotiv” o‘z maydonida “Zob Ohan”ni yuta olmadi va pley-off yo‘llanmasidan quruq qoldi


?Biroz avval Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasidagi so‘nggi tur o‘yinini Eronning “Zob Ohan” klubiga qarshi o‘tkazdi.

Ushbu o‘yin “temiryo‘lchilar”ning guruhdan chiqishi uchun so‘nggi imkoniyat hisoblanardi va “Lokomotiv” g‘alaba qozonsagina keyingi bosqichga yo‘l olgan bo‘lar edi. Ammo “Loko” o‘z maydonida o‘tgan o‘yinda “Zob Ohan”ni mag‘lub eta olmadi. Uchrashuvda hisob mehmonlar tomonidan 25-daqiqaga kelib ochildi. Gol muallifi Murtazo Tabrizi. “Lokomotiv” birinchi bo‘limda har qancha urinmasin, hisobni tenglashtira olmadi. Faqatgina ikkinchi bo‘lim so‘ngida, 89-daqiqaga kelib Islom To‘xtaxo‘jayevning zarbasi raqib himoyachilariga tegib, “Zob Ohan” darvozasidan o‘rin oldi. Ammo bu “temiryo‘lchilar”ning guruhdan chiqishi uchun yetarli bo‘lmadi. Guruhdagi ikkinchi o‘yinda peshqadam “Al-Duhail” autsayder “Al-Vahda”ni qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi.

Shu tariqa “Lokomotiv” ham xuddi “Nasaf” singari ushbu mavsum OChLdagi ishtirokini guruh bosqichidayoq yakunladi.

Osiyo Chempionlar Ligasi

“B” guruhi, 6-tur bellashuvlari

17-aprel, seshanba

Gollar: 0:1 — 25 Murtazo Tabrizi. 1:1 — 89 Islom To‘xtaxo‘jayev.?

Gol: 1:0 — 47 Abdulrahmon Fahmi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2018, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют