» » La Liga. Bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan “Barselona” “Selta”ni yuta olmadi

La Liga. Bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan “Barselona” “Selta”ni yuta olmadi


17-aprel sanasida Ispaniya La Ligasining 3 kun davom etadigan 33-tur bahslari boshlandi.

33-tur doirasida “Barselona” Vigoda “Selta” mehmoni bo‘ldi. Ushbu o‘yinda “Barselona”ning Leo Messi, Luis Suares kabi yetakchilari zaxirada qoldirildi. Mazkur o‘yindagi g‘alaba kataloniyaliklarga chempionlik unvoniga yanada yaqinlashib olishiga ko‘mak berardi. ?Ammo uchrashuv “Barselona”ning g‘alabasi bilan yakunlanishiga “Selta” yo‘l qo‘ymadi. Avvaliga Usmon Dembele 36-daqiqada kataloniyaliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 45-daqiqada “Selta” a’zosi Xonatan Kastro tablodagi hisobni 1:1 bo‘lishini ta’minladi. Ikkinchi bo‘limda Pako Alkaser yana “Barsa”ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, uchrashuvning 82-daqiqasiga kelib Yago Aspas Mark Andre ter Shtegendan qaytgan to‘pni darvozaga aniq yo‘lladi. Qayd etish joiz, zaxiradan maydonga tushirilgan “Barselona” a’zosi Serxi Roberto 71-daqiqada hakam tomonidan maydondan chetlatildi. Shu tariqa uchrashuv tomonlarning 2:2 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi.

“Sevilya” esa safarda “Deportivo” mehmoni bo‘lib, golsiz durang natijasini qayd etdi.

La Liga

33-tur bellashuvlari

17-aprel, seshanba

Gollar: 1:0 — 36 Dembele. 1:1 — 45 Xonatan Kastro. 2:1 — 64 Alkaser. 2:2 — 82 Aspas.?

Chetlatish: 71 Serxi Roberto.

18-aprel, chorshanba

19-aprel, payshanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2018, 02:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют