» » Armanistonning sobiq prezidenti bosh vazir etib saylandi

Armanistonning sobiq prezidenti bosh vazir etib saylandi


Armaniston sobiq prezidenti Serj Sargsyan mamlakatning yangi bosh vaziri etib saylandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Sargsyanning nomzodini ma’qullab 77 deputat ovoz berdi, 17 kishi qarshi chiqdi.

O‘tgan haftada prezidentlik lavozimini egallagan Armen Sarkisyan Armanistonning sobiq rahbarini bosh vazir etib tayinlash haqidagi farmonga imzo chekdi.

Parlamentning Sargsyanni saylashga bag‘ishlangan maxsus yig‘ilishi notinch vaziyatda bo‘lib o‘tdi: Yerevanda bir necha kundan beri bunga qarshi bo‘lganlarning namoyishlari to‘xtovsiz davom etmoqda.

Muxolifat ikki muddat prezidentlik lavozimini egallagan Serj Sargsyan Armaniston parlament respublikasiga aylanganidan so‘ng yana hokimiyatni saqlab qolganini da’vo qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют