» » “Qarindoshlaringiz orasida sudlanganlar bor ekan” degan vaj bilan ishga qabul qilishni rad etish taqiqlandi

“Qarindoshlaringiz orasida sudlanganlar bor ekan” degan vaj bilan ishga qabul qilishni rad etish taqiqlandi


“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Bu haqda “Inson va qonun” xabar bermoqda.

Qonun bilan Mehnat kodeksining 78-moddasiga qo‘shimcha kiritilib, shaxsning muqaddam sudlanganligi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno yohud yaqin qarindoshlarining sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilmaslikni taqiqlovchi norma o‘rnatildi.

Mazkur qonun loyihasi Adliya vazirligi tomonidan qonunchilikda shaxsni yaqin qarindoshlarining yoki o‘zining sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilishni rad etilishi tartiblari aniq belgilanmaganligi, fuqarolarning mehnat qilish va erkin kasb tanlash huquqini to‘liq amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilayotganligi munosabati bilan ishlab chiqilgan edi.

Birgina 2016-yilda Adliya vazirligiga fuqarolardan yaqin qarindoshlarining yoki o‘zining sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilish rad etilganligidan norozi bo‘lib 33 ta murojaatlar kelib tushgan.

Mazkur norma bugun,19- apreldan kuchga kirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют