» » Qonunchilik palatasida Harakatlar strategiyasini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan qonun loyihalari ko‘rib chiqildi

Qonunchilik palatasida Harakatlar strategiyasini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan qonun loyihalari ko‘rib chiqildi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda palata axborot xizmati ma’lum qildi.

Unda deputatlar Harakatlar strategiyasini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdi. Ularning qabul qilinishi va amaliyotga joriy etilishi qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga xizmat qiladi.

Xususan, O‘zbekiston Prezidenti tomonidan kiritilgan “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, sud-tergov amaliyoti va qonun hujjatlarining tahlili, aholi bilan ochik muloqot natijalari dalillarni to‘plash, mustahkamlash, tekshirish va baholash chog‘ida qonuniylik hamda xolislikni ta’minlashga to‘sqinlik qiluvchi bir qator huquqiy bo‘shliqlar mavjudligini ko‘rsatdi.

Mazkur holatlar fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmokda va oqibatda, aholining asosli noroziligiga xamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudga bo‘lgan ishonchining pasayishiga olib kelmoqda.

Ushbu sohadagi tizimli kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Prezidentning “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingandi.

Farmon qoidalariga muvofiq, sud-tergov faoliyati davomida fuqarolar huquqlarini himoya qilishning qonunchilik asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Taqdim etilayotgan qonun loyihasida Jinoyat kodeksining 237-moddasiga, xususan, kasbga oid o‘z majburiyatlarini halol va vijdonan bajarayotgan, jinoyatchilarning yoki uchinchi shaxslarning manfaatlari yo‘lida muayyan g‘ayrihuquqiy qilmishlar sodir etishni rad etuvchi davlat organlari xodimlari bilan munosabatlarda o‘ch olish usuli sifatida jinoyatchilar tomonidan ko‘p foydalaniladigan yolg‘on xabar berish haqidagi normaga o‘zgartish kiritilmoqda.

Ushbu hujjatning qabul qilinishi bilan prokuratura organlari qonunning ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni o‘tayotgan, qamoqda saqlanayotgan, ushlab turilgan yoki ma’muriy qamoqqa olingan shaxslardan jinoyatlar to‘g‘risidagi olingan ariza xabar va boshqa ma’lumotlarni zudlik bilan qayd etish va hal qilish borasidagi talablariga rioya etilishini tekshirishlari lozim bo‘ladi.

Qizg‘in bahslardan so‘ng jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tahlil etish natijalariga ko‘ra Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Deputatlarning fikriga ko‘ra, fuqarolarning mehnat qilish hamda ilgari sudlangan yoki yaqin qarindoshlari sudlangan shaxsning erkin ish tanlash huquqi qonunlarda aniq nazarda tutilmagan va amaliyotda yaqin qarindoshlarining sudlanganligi asosida shaxsni ishga qabul qilishni rad etish hollari kuzatilmoqda.

Xorijiy mamlakatlarning qonun hujjatlarini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, Fransiya, Latviya, AQSh, Buyuk Britaniya qonunlarida turli belgilariga ko‘ra kamsitish, shu jumladan, shaxsning sudlanganligi asosida uni ishga qabul qilishni rad etish taqiqlangan.

Deputatlarning ta’kidlashicha, Mehnat kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar davlat xizmatiga sadoqatli, tashabbuskor kadrlarni jalb etishga, mehnat qilish hamda ishni erkin tanlash huquqi kafolatlarining kuchaytirilishiga xizmat qiladi.

Munozaralar yakunlariga ko‘ra, birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilgan qonun loyihalari ma’qullandi.

Majlisda parlament Qonunchilik palatasining vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют