» » Oliy Majlis deputatlari ishga qabul qilishdagi adolatsiz tizimni bekor qiluvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi

Oliy Majlis deputatlari ishga qabul qilishdagi adolatsiz tizimni bekor qiluvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputatlari bugun, 6-fevral kuni Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish borasidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”. “Xalq so‘zi”ning yozishicha, o‘zgartirishlar ilgari o‘zi yoki yaqin qarindoshlari sudlanganligi sabab ishga qabul qilinmaslikning adolatsiz tizimini bartaraf etishga qaratilgan.

O‘zgartirishlar to‘g‘risidagi qonun loyihasi Adliya vazirligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tahlil qilish natijalari asosida ishlab chiqilgan. Hujjatni tayyorlash vaqtida xorij mamlakatlarining qonunchiligi o‘rganib chiqilgan. Fransiya, Latviya, AQSh, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarning qonunchiligida ishga qabul qilishda shaxsning sudlanganligi hisobga olinib rad javobi berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Deputatlar Mehnat kodeksiga kiritiladigan o‘zgartirish sodiq va tashabbuskor kadrlarni davlat xizmatiga jalb qilinishini, shuningdek, mehnat qilish va uni erkin tanlash huquqining kafolatini oshirishi ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют