» » Eshak go‘shti, “Sharshara” kolbasalari, farg‘onalik qassob iqrori

Eshak go‘shti, “Sharshara” kolbasalari, farg‘onalik qassob iqrori


O‘zA axborot agentligi sifatsiz iste’mol mahsulotlari bilan bog‘liq muammoni ko‘tarib chiqdi. Maqolani to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

So‘nggi paytlarda sifatsiz iste’mol mahsulotlari bilan bog‘liq muammo yana kun tartibiga chiqishni boshladi. Ijtimoiy tarmoqlarda sifatsiz mahsulot sotib olgan xaridorlarning shikoyati kun sayin ko‘paymoqda.

Birgina eshak go‘shti bilan bog‘liq mojarolarni yodga olaylik. “Sharshara” kolbasalari, Samarqanddagi eshaklar qabristoni hamda farg‘onalik qassob iqrornomalari bu borada muammolar juda chuqur ildiz otgani, unga qarshi kurashish, nazoratga olish uchun endilikda bir davlat organining kuchi kamlik qilishi ayon bo‘lgandek go‘yo.

Aslida hayotimizning ajralmas bir qismini biron mahsulot sotish yoki sotib olishdan iborat desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Kundalik xaridlarimizning asosiy qismini esa oziq-ovqat mahsulotlari tashkil etadi. Har doim ham sotib olayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining ishlab chiqarilgan sanasi, tarkibi kabi jihatlariga e’tibor qilavermaymiz. Biror sifatsiz yoki yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotdan zarar ko‘rgan taqdirimizdagina bu haqida o‘ylab qolamiz. Bir narsaga e’tibor qaratish kerak. Iste’molchilar olayotgan mahsulotiga e’tibor qilmadi ham deylik. Lekin ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchilar nima uchun bunga e’tibor qilmasligi kerak?! Axir sifatsiz, yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulot inson hayoti uchun jiddiy xavf tug‘diradiku!

Xorij tajribasiga qaraydigan bo‘lsak, ularda nazorat xaridi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu inson salomatligi uchun jiddiy zarar keltiruvchi mahsulotlardan saqlanishda muhim ahamiyatga ega. Savol tug‘iladi. Nazorat xaridining o‘zi nima?

Nazorat xaridi bu — savdo rastalarida sotilayotgan mahsulotlar xarid qilinib, labaratoriyalarda ekspertizadan o‘tkaziladi. Sifati talabga javob bermaydigan, davlat standartlariga mos bo‘lmagan mahsulot hamda uni ishlab chiqarish (sotish) bilan shug‘ullanuvchilar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. Ya’ni, tug‘ilishi mumkin bo‘lgan xavfdan jamoatchilik ogohlantiriladi va bunga nisbatan jamoatchilik o‘z munosabatini bildiradi.

Natijada mahsulot ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) sotayotgan tovarining sifatli bo‘lishiga harakat qiladi hamda odamlar sifatsiz, zararli mahsulotlardan himoyalanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют