» » Kiyevdagi sport maydonchalarining birida portlash sodir bo‘ldi

Kiyevdagi sport maydonchalarining birida portlash sodir bo‘ldi


Kiyevning Dneprovsk tumanida joylashgan dahalardan birida 21-aprel kuni ertalab portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Kiyev politsiyasi matbuot xizmatiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

“Noxush hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan. Voqea joyiga tegishli xizmat va tezkor tergov guruhi xodimlari yetib borgan”, — deyiladi xabarda.

Xabar qilinishicha, 21-aprel, shanba kuni ertalab bir erkak politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, Pojarskiy ko‘chasidagi uyda portlash ovozi eshitilganini ma’lum qilgan.

Chaqiruvga binoan yetib borgan idora vakillari tekshiruvni amalga oshirgan. Voqea joyidan qo‘lbola portlovchi qurilmaning detallari topilgan. Huquq-tartibot idoralarining ma’lumotlariga ko‘ra, portlash ko‘p qavatli turar joy binolari yaqinida joylashgan sport maydonchasida sodir bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют