» » O‘zbekiston karbonat angidrid gazi tashlanmalari bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston karbonat angidrid gazi tashlanmalari bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinni egalladi


O‘zbekiston karbonat angidrid gazi tashlanmalari bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinni egalladi. Enerdata mustaqil axborot-konsalting kompaniyasi o‘tkazgan tadqiqot natijalari shundan dalolat bermoqda, deya xabar beradi Sputnik.

2016-yilga taalluqli bu ma’lumotlar ikki ko‘rsatkich — neft, gaz va ko‘mir yoqilishidan hosil bo‘lgan tashlanmalar va yalpi ichki mahsulot o‘rtasidagi nisbatga asoslanadi. O‘zbekiston misolida bu ko‘rsatkich YaIM birligiga 0,596 kilogrammni tashkil etdi.

Shunisi ham borki, 2012-yilda O‘zbekiston ushbu reytingda birinchi o‘rinni egallagan, o‘shanda mazkur ko‘rsatkich YaIM birligiga 0,881 kilogrammga teng bo‘lgandi. 2016-yilga kelib parnik gazi hajmi 3 foizga kamaydi.

Ma’lumot uchun, reytingni hozirda Rossiya boshqarmoqda (YaIM birligiga 0,722 kilogramm). Keyingi o‘rinlarda JAR (0,720), Ukraina (0,672) va Qozog‘iston (0,604) qayd etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2018, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют