» » Samvel Babayanning Latviyadagi “ertagi” uzoqqa cho‘zilmadi. U “Spartak”dan ketdi

Samvel Babayanning Latviyadagi “ertagi” uzoqqa cho‘zilmadi. U “Spartak”dan ketdi


Latviya chempionatining so‘nggi ikki yildagi chempioni – Yurmalaning “Spartak” klubini endi rossiyalik 46 yoshli mutaxassis Aleksandr Grishin boshqaradigan bo‘ldi. Bu haqda “Uff.uz” xabar bermoqda.

Avval xabar berilganidek, jamoa joriy mavsumni o‘zbekistonlik mutaxassis Samvel Babayan qo‘l ostida boshlagandi. Lekin Babayan lavozimga tayinlanganidan so‘ng ikki tur o‘tib, Latviya futbol federatsiyasi unda mamlakat oliy ligasida ishlash huquqini beradigan UYeFA murabbiylik litsenziyasi yo‘qligini aniqlagan.

Shu sababga ko‘ra, Samvel Babayan o‘rnini SSKA yoshlar jamoasi va Rossiya (U-17) terma jamoasini boshqargan Aleksandr Grishin egalladi.

“Yurmalaning “Spartak klubini boshqaraman, hali shartnoma imzolamadim. Lekin yaqin kunlarda klub bilan rasman shartnoma imzolayman, hozir Latviyada bo‘lib turibman”, — deya Grishinning so‘zlarini keltiradi “Championat.com” nashri.

Ma’lumot uchun, Samvel Babayan O‘FF (Hozirda O‘FA) Ijroiya Qo‘mitasi Byurosining 2018-yil 15 yanvardagi 3-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekistonda futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan umrbod chetlashtirilgandi.

Ma’lumot uchun, Samvel Babayan endi O‘zbekistonga ham qayta olmaydi, qaytsa ham futbolga aloqador bo‘lgan sohalarda ishlay olmaydi. Chunki yaqinda O‘FA 1-prezidenti Umid Ahmadjonov Babayan kechirilmasligini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют