» » Rossiya Tojikiston va Qirg‘izistondagi bazalari jangovar shayligini oshirmoqda

Rossiya Tojikiston va Qirg‘izistondagi bazalari jangovar shayligini oshirmoqda


Rossiya o‘zining Tojikistondagi va Qirg‘izistondagi bazalari jangovar shayligini oshiradi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Xabarlarga ko‘ra, Rossiya mudofaa vazirligi Afg‘onistonning shimoliy viloyatlaridan Markaziy Osiyodagi Kollektiv xavfsizlik haqidagi shartnoma tashkiloti bo‘yicha ittifoqdosh mamlakatlar hududiga jangarilar kirishining oldini olish choralarini ko‘rmoqda.

“Shu maqsadlarda Tojikiston va Qirg‘izistondagi Rossiya harbiy bazalari jangovar shayligini oshirmoqdamiz, ularni zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlamoqdamiz. Mintaqadagi sheriklarimizga qurolli kuchlarning jangovar imkoniyatlarini mustahkamlashda yordam beryapmiz, ularni qo‘llashni hamkorlikda rejalashtiryapmiz”, — dedi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu.

U shu yilning martida Tojikiston va Qirg‘izistonda aksilterrorchilik qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilganini eslatib, sentabrga turli kuch tuzilmalarini jalb qilgan holda “Issiqko‘l — Aksilterror-2018” qo‘shma o‘quv mashqlari rejalashtirilganini aytdi. Oktabrda Kollektiv xavfsizlik haqidagi shartnoma tashkiloti kollektiv kuchlari bilan bir qator mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2018, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют