» » Rekordlarga boy kecha. “Liverpul” triosidan qoyilmaqom natija

Rekordlarga boy kecha. “Liverpul” triosidan qoyilmaqom natija


Avval xabar berilganidek, kecha, 24-aprel oqshomida Yurgen Klopp boshliq “Liverpul” o‘z maydonida Rimning “Roma”sini qabul qilib, yirik 5:2 hisobida g‘olib bo‘ldi.

Uchrashuvda bir qancha rekord ko‘rsatkichlar qayd etildi. Jumladan, “Liverpul” Yevropa Chempionlar Ligasi tarixida tarkibida birdaniga 3 futbolchi bir mavsum davomida sakkizta va undan ortiq gol kiritigan ilk jamoa bo‘ldi. Kecha “Liverpul” safida bitta gol urgan senegallik Sadio Mane ushbu mavsum musobaqada sakkizta gol kiritgan bo‘lsa, “Roma” darvozasini ikki bor o‘qqa tutgan braziliyalik hujumchi Roberto Firmino va misrlik Muhammad Saloh amaldagi mavsumdagi gollari sonini 10 taga yetkazib oldi.

Shuningdek, “mersisaydliklar” yarim himoyachisi Jeyms Milner mazkur uchrashuvda bitta golli uzatmaga mualliflik qildi. Natijada, Milner joriy mavsumdagi golli uzatmalari sonini 9 taga yetkazib oldi va Yevropa Chempionlar Ligasi rekordini o‘rnatdi. Bunday natijaga avval hech bir futbolchi erishmagan edi. Bu ko‘rsatkichga erishish uchun Jeymsga 701 daqiqa kerak bo‘ldi.

YeChLda bir mavsumida eng ko‘p golli uzatma bergan futbolchilar:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют