» » Superliga. “Paxtakor” bitta gol evaziga “Navbahor”ni mag‘lub etdi

Superliga. “Paxtakor” bitta gol evaziga “Navbahor”ni mag‘lub etdi


Superliga doirasida bugun, 25-aprel sanasida yana ikki uchrashuv bo‘lib o‘tishi belgilangan edi. Shulardan biri o‘z nihoyasiga yetdi.

Turning markaziy o‘yinlaridan biri Toshkentda “Paxtakor” hamda Namanganning “Navbahor” jamoalari o‘rtasida kechdi. Bellashuv taqdiri ikkinchi bo‘limning 77-daqiqasida hal etildi. Jaloliddin Masharipovning qanotdan oshirib bergan to‘pini, Tiago Bezerra darvozaga yo‘llab, “Paxtakor”ning g‘alabasini ta’minladi.

Ayni damda kunning ikkinchi uchrashuvi Jizzaxda “So‘g‘diyona” hamda “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda.

Superliga

8-tur bellashuvlari

25-aprel, chorshanba

Gol: 1:0 — 77 Tiago Bezerra.

“Paxtakor”: 25.Eldor Suyunov, 29.Vladimir Kozak, 55.Marko Simich, 4.Sherzod A’zamov, 2.Akmal Shorahmedov, 7.Azim Ahmedov (80.Rostin Griffits, 90+2), 8.Dilshod Rahmatullayev, 9.Jaloliddin Masharipov (22.Jasur Yaxshiboyev, 82), 18.Bahrom Abdurahimov, 77.Tiago Bezerra, 11.Ismoil Gonsalvesh.

“Navbahor”: 45.Akbar To‘rayev, 6.Oston O‘runov (9.Dilshod Jabborov, 81), 10.Azizbek Turg‘unboyev, 11.Zohir Pirimov (23.Behruz Sadilloyev, 80), 15.Azamat Allaniyozov (17.Sardor Sulaymonov, 64), 19.Mirzohid G‘ofurov, 21.A’zamjon Aliyev, 24.Davronbek Hoshimov, 32.Jahongir Mehmonov, 33.Tomislav Payovich, 44.Darko Stanoyevich.

Ogohlantirishlar: Jaloliddin Masharipov 72, Tomislav Payovich 72, Jahongir Mehmonov 74, Dilshod Jabborov 81, Mirzohid G‘ofurov 86, Bahrom Abdurahimov 87.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют