» » O‘zbek bankirlaridan olingan yarim mln dollarlik pora, Toshkent metrosida yangragan urush davri qo‘shiqlari, “Mahallada duv-duv gap” rejissorining vafoti va kunning boshqa muhim xabarlari

O‘zbek bankirlaridan olingan yarim mln dollarlik pora, Toshkent metrosida yangragan urush davri qo‘shiqlari, “Mahallada duv-duv gap” rejissorining vafoti va kunning boshqa muhim xabarlari


25-aprelning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Rejissor Shuhrat Abbosov olamdan o‘tdi. U “Mahallada duv-duv gap”, “Sen yetim emassan”, “Toshkent — non shahri” kabi o‘zbek kinosi durdonalari rejissori edi.

2. Video: Toshkent metrosida harbiy qo‘shiqlar kuylandi. Ushbu aksiya Mudofaa vazirligi tomonidan 9-may munosabati bilan tashkil etildi. Hamma xursand, hamma shod!

3. Hi-Tech Bank mutasaddilari qamalmasligi uchun ulardan 500 ming dollar pora olgan shaxslar qo‘lga olindi. Yana bir kishi boshqa bir ayblanuvchidan 200 ming dollar pora olgani aytilmoqda.

4. Torontoda odamlar ustiga mikroavtobus haydagan shaxs MDHlik bo‘lib chiqdi. 23-aprel kuni mikroavtobus piyodalar ustiga chiqib ketishi oqibatida 10 kishi qurbon bo‘lgan, 16 kishi jarohatlangan edi.

5. O‘zbekistonning bir necha shaharlarida yo‘l kira narxi oshishi kutilmoqda. Ushbu qarorlar loyihalari muhokamasi yakuniga yetishiga oz muddat qolgan bo‘lsa-da, muhokamalarda sanoqli fuqarolar ishtirok etgan.

6. “Namozga mashinada emas, piyoda kelishning savobi ortiq”. “Davr” juma namozi vaqtidagi tirbandliklar sababini izladi.

7. Toshkent viloyatida bir kunda 5 kishi o‘z joniga qasd qildi. Ularning kamida ikkitasiga “arzimas mojarolar” sabab bo‘lgan. “Yoshlar” telekanali muxbiri voqealarni o‘rgandi.

8. O‘zbekistonda tovuq go‘shti tarkibidagi sun’iy qo‘shilgan suv miqdorini 4 foizdan oshirish taqiqlandi. 1-maydan “O‘zstandart” agentligining yangi standarti kuchga kirishi ma’lum qilindi.

9. Andijonda aliment to‘lamaslik uchun rafiqasi bilan yarashmoqchi bo‘lgan erkak uni o‘ldirib qo‘ydi. Ayol yarashish taklifiga rozi bo‘lmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют