» » Myunster universitetida O‘zbekiston kechasi bo‘lib o‘tdi

Myunster universitetida O‘zbekiston kechasi bo‘lib o‘tdi


Germaniyaning Myunster universitetida O‘zbekiston kechasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi bosh konsulligi vakillari ishtirokida tashkil etilgan ushbu kechada Myunster universitetining professor-o‘qituvchilari, talabalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Bu haqda “Daryo”ga “Jahon” axborot agentligi ma’lum qildi.

Bugungi kunda Germaniyaning Myunster universitetida 15 nafarga yaqin o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda. Ular bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarida tilshunoslik, iqtisodiyot va tabiiy fanlarni chuqur o‘rganmoqda.

O‘zbekistonlik talabalarning aksariyati mazkur nemis oliy o‘quv yurti va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti o‘rtasida 2001-yildan buyon davom etib kelayotgan o‘zaro hamkorlik aloqalari doirasida Germaniyaga taklif etilgan davlat grantlarining sohiblari hisoblanadi.

Myunster Germaniyaning universitet shahri hisoblanadi. O‘zbekistonlik talabalar bu yerda chuqur bilim olishi bilan birga mahalliy jamoatchilik vakillarini hamda chet ellik talabalarni o‘zbek xalqi madaniyati, an’ana va urf-odatlari, tarixiy shaharlari va go‘zal obidalari bilan tanishtirishga doimo vaqt topadi.

O‘zbek yoshlari tomonidan tayyorlangan video va foto taqdimotlar chog‘ida respublikaning zamonaviy rivojlanishi, sayyohlik salohiyati va milliy an’analari, shuningdek, izchillik bilan hayotga tadbiq etilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalaridagi islohotlar haqidagi atroflicha ma’lumotlar tadbir qatnashchilarining e’tiboriga havola qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют