» » O‘zbekistonda ayollar huquqi bo‘yicha institutsional mexanizm yangi yo‘nalishlarga ega bo‘ladi

O‘zbekistonda ayollar huquqi bo‘yicha institutsional mexanizm yangi yo‘nalishlarga ega bo‘ladi


O‘zbekistonda ayollar huquqini ilgari surish bo‘yicha institutsional mexanizm yangi yo‘nalishlarga ega bo‘ladi. Bu haqda 25-aprel kuni Toshkentdagi Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazilgan xalqaro konferensiya davomida Bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva ma’lum qildi, deb yozadi Sputnik.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan tashkillashtirilgan va 50 ga yaqin davlatlardan xalqaro ekspertlar qatnashgan “Harakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” xalqaro konferensiyasida so‘zga chiqqan Norboyeva O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish borasidagi faoliyati haqida ma’lumot berdi.

“O‘zbekistonda ayollar huquqini ilgari surish bo‘yicha institutsional mexanizm yangi yo‘nalishlarga ega bo‘ladi. Albattaki, O‘zbekiston Qonunchilik palatasida: yuqori va quyi palatalarda ayollarimizning bugungi ishtiroki shu kecha-yu-kunduzda ayollar o‘z oldiga qo‘ygan talablarga mutlaqo javob bermaydi. Bu ayollarimizning faolligiga mutlaqo mos emas.

Ya’ni, oliy darajada ayollarimizning 15, 16, 17 % o‘rinlarni egallashlari biz uchun emas, O‘zbekiston uchun emas”, — dedi Norboyeva.

O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari, shu o‘rinda, 2019-yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda davlat boshqaruv organlarida ayollar 30 foizni tashkil etishlariga qonunan erishishni maqsad qilib qo‘yilganini ma’lum qildi.

Norboyevaning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun Xotin-qizlar qo‘mitasi Davlat boshqaruv akademiyasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Ombudsman va boshqa siyosiy partiyalar bilan yaxshi hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘ygan.

“Albatta, bo‘lajak saylovlarga tayyor bo‘lish uchun turli dasturlar ishlab chiqilgan”, — deb ma’lum qildi bosh vazir o‘rinbosari.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют