» » Sherzod Shermatov: “Ayni paytda xalqaro ko‘rsatkichlar bo‘yicha ilmiy sohada mamlakatimiz faxrlanadigan hech narsa yo‘q”

Sherzod Shermatov: “Ayni paytda xalqaro ko‘rsatkichlar bo‘yicha ilmiy sohada mamlakatimiz faxrlanadigan hech narsa yo‘q”


Prezident Shavkat Mirziyoyev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Olliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini tanqidiy o‘rganib chiqishni topshirgan edi, deb yozadi Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Sherzod Shermatov Facebook’dagi sahifasida.

Uning qayd etishicha, “ilmiy darajalarni berishda ilgari sifatni qo‘llab-quvvatlash zarurati bilan asoslangan qog‘ozbozlikka qaramay, ayni paytda xalqaro ko‘rsatkichlar bo‘yicha ushbu sohada mamlakatimiz faxrlanadigan hech narsa yo‘q”.

Sherzod Shermatov 2016-yilgi Scopus ma’lumotlar bazasi statistikasini keltirib o‘tdi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda iqtibos olinadigan ilmiy maqolalar soni 575 tani tashkil qilgan, Qozog‘istonda esa bu ko‘rsatkich 3066 ga teng bo‘lgan.

Bundan tashqari, 2,5 ming nafardan ortiq fan doktorlari orasida bor-yo‘g‘i 300 kishi Xirsh indeksiga ega, shularning 32 nafarida Xirsh indeksi 5 dan yuqori.

Vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, ilmiy darajalar olishning o‘ta murakkab tizimi borligiga qaramay, bu O‘zbekistonda ilmiy faoliyat sifatining xalqaro talablarga muvofiq yaxshilanishiga turtki bermaydi.

“QS va THE universitetlar xalqaro reytinglarining ikkalasi ham universitetlarni Top-1000 talikka kiritish masalasini ko‘rib chiqish uchun Scopus jurnallarida kamida 200 ta ilmiy maqola chop etilishini talab qiladi. Shuning uchun butun respublikada yiliga atigi 575 ta maqola chop etilayotgan bir paytda bizda birorta ham bunday universitet yo‘q!” — deb yozdi u.

Sherzod Shermatov jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan Prezident farmoni loyihasi bo‘yicha takliflar bildirishga chaqirib qoldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют