» » Sherzod Shermatov Prezident tomonidan fanga bo‘lgan e’tiborni tubdan yaxshilash bo‘yicha vazifa belgilangani yuzasidan o‘z fikrini bildirib o‘tdi

Sherzod Shermatov Prezident tomonidan fanga bo‘lgan e’tiborni tubdan yaxshilash bo‘yicha vazifa belgilangani yuzasidan o‘z fikrini bildirib o‘tdi


Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Sherzod Shermatov Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan, jumladan investitsiyalardan ma’lum bir foizni fanni rivojlantirishga va ilmiy kadrlar tayyorlashga yo‘naltirish orqali, fanga bo‘lgan e’tiborni tubdan yaxshilash bo‘yicha vazifa belgilangani yuzasidan o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Bu juda muhim vazifa, chunki majlisda ta’kidlanganidek, ushbu sohada afsuski juda ko‘p imkoniyatlarni qo‘ldan boy berib bo‘lganmiz”, — deb yozdi u.

Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekistonda ilmiy izlanishlarga ajratilayotgan mablag‘larning Yalpi ichki mahsulotdagi (YaIM) ulushi atigi 0,2 foizdan ham kam, bu esa dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 11 barobar, Koreyanikidan 22 barobar kam (YaIMdan 4,28%), deyiladi postda.

Vazir o‘rinbosarining qayd etishicha, Koreyada 2014-yilda YaIM 1411 milliard dollar bo‘lganini inobatga olsak, fanga ajratilgan mablag‘lar 60 milliard dollardan ko‘p bo‘lib chiqadi (ya’ni deyarli butun O‘zbekistonning YaIMdek). Bu esa O‘zbekistonda fanga ajratilgan mablag‘lardan (124 million dollar, ya’ni 63 milliard dollar YaIMdan 0,2%) 485 marotaba (!) katta.

“Shuning uchun, investitsiyalardan qanday foizni ajratishni aniqlayotganda iqtisodchilarimiz bu masalada boshqa rivojlangan, ko‘pincha yaxshi misol sifatida ko‘rsatilayotgan davlatlar tajribasidan kelib chiqib, ulardagi foizlar darajasida ajratishni ko‘zda tutsalar maqsadga muvofiq bo‘lardi. Masalan, Koreyadagidek fanga YaIMdan 4,28% ajratsak bu 2,7 milliard dollar bo‘lar edi!” — deb yozadi Sherzod Shermatov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, 2018-yil davlat budjeti parametrlarida fanga atigi 48 million dollar atrofida (389 milliard so‘m) mablag‘ ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют