» » Sherzod Shermatov innovatsiya reytingida O‘zbekistonni orqaga tortayotgan muammolarni sanab o‘tdi

Sherzod Shermatov innovatsiya reytingida O‘zbekistonni orqaga tortayotgan muammolarni sanab o‘tdi


O‘zbekiston 2015-yilda Global innovatsion indeksda 141 davlat orasida 122-o‘rin olgan va ma’lumotlar eng kam bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kirgandi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Sherzod Shermatov Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Shermatovga ko‘ra, undan keyin ma’lumotlar olish juda qiyin bo‘lganiga 2016 va 2017-yil reytinglariga qo‘shilmagan. 2018-yil reytingiga ham qo‘shilmasa kerak, sababi, bunday reytinglarda ma’lumotlar ancha oldindan yig‘ib olinadi va tahlil qilishga ko‘p vaqt ajratiladi.

“O‘zbekistonni dunyoga ijobiy tanitmoqchi bo‘lsak, albatta, xalqaro tashkilotlarning talablariga mos bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ishni ham yo‘lga qo‘yishimiz kerak. Ko‘pchilik indekslar boshqa xalqaro tashkilotlar indekslari asosida yig‘ilib qilinadi, shuning uchun bir xalqaro tashkilotga ma’lumot berilmasa yoki sifatsiz berilsa, keyinchalik bu boshqa tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladigan indekslar sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. Buning uchun barcha vazirlik va idoralarning tegishli bo‘linmalari xalqaro indekslarga ta’sir qiladigan ko‘rsatkichlarni vaqtida yig‘ilishi va taqdim qilinishiga alohida e’tibor qaratishlari zarur”, deya qayd etdi vazir o‘rinbosari.

Innovatsiya reytingining tahlili ham ko‘rsatyaptiki, innovatsiya muhitini yaratishga juda ko‘p omillar ta’sir etadi. O‘zbekiston misolida 2015-yildagi holatni tahlil qilinsa, eng orqaga tortayotgan muammolar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

Qonunchilik sifati va ijrosidagi muammolar;

Oliy ta’lim muammolari;

Ekologiya talablariga yetarli e’tibor qilinmasligi;

Sarmoyadorlar bozorini shakllantirilmaganligi;

Biznesni yuqori texnologiyalarga bog‘liq qismi kamligi;

Ta’lim va ishlab chiqarish orasidagi innovatsion bog‘liqlik kamligi;

Xalqaro standartlar joriy etish, xalqaro patentlar olish, chet el axborot resurslaridan foydalanish va boshqa sohalardagi oqsoqliklar.

“Ushbu sohalarga mas’ul idoralar o‘zlarining yuqori malakali ekspertlarini ajratishda yordam bersalar, birgalikda shu yo‘nalishlarda ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirish imkoni paydo bo‘lardi. Xozircha rasmiy murojaatga rasmiy (otpiska) javob kelayapti”, — deb yozadi Sherzod Shermatov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют