» » O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi delegatsiyasi Germaniyada yashayotgan o‘zbek yoshlari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi delegatsiyasi Germaniyada yashayotgan o‘zbek yoshlari bilan uchrashdi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi vakillaridan iborat delegatsiya yaqinda Germaniyada xizmat safarida bo‘ldi, deb xabar beradi O‘zA.

Safar davomida Germaniyaning qator vazirlik va idoralari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Siyosiy, akademik va jamoatchilik doiralari vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari, delegatsiya Delicanto xalqaro taomlar festivalida ishtirok etdi, 2015-yilda Germaniyada tashkil etilgan “Nihol” vatandoshlar jamiyati a’zolari bilan uchrashib, o‘zaro fikr almashdi.

Jamiyat a’zolari asosan O‘zbekistondan borgan yoshlar, talabalar, ilmiy izlanishlar qilayotgan yosh olimlar va Germaniyadagi nemis korxonalarida ishlayotgan yigit-qizlardan iborat. “Nihol” vatandoshlar jamiyatining asosiy maqsadi ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni tiklash, tajriba almashish, muloqot qilish orqali hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

O‘zbek yoshlari Germaniyada ilmiy salohiyati kuchli mutaxassislardan hisoblanadi. Ana shunday yoshlardan biri Kamoliddin Berdiyev. U O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Germaniyadagi vakili hisoblanadi.

Kamoliddin 15 yildan beri Germaniyada yashab maktabda nemis tilidan saboq beradi. U 10—16-aprel kunlari Toshkentda o‘tkazilgan “Yosh vatandoshlar” festivalida Germaniyadan delegat sifatida qatnashdi.

“ ‘Nihol’ jamiyati tomonidan Germaniyada yashayotgan vatandoshlarimiz bilan aloqani yo‘lga qo‘yish, ularga o‘zbek tili, milliy madaniyatimiz va urf-odatlarini eslatib turishga qaratilgan ezgu ishlar olib boriladi. Ushbu jamiyat Berlin shahrining eng katta kutubxonasidan ijaraga joy olgan. U yerda haftada bir kun o‘zbek tili kurslari tashkil qilinadi. Germaniyada xozirgi kunda 8 ta o‘zbek-nemis jamiyatlari faoliyat olib bormoqda. ‘Nihol’ jamiyati ular bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan”, — deydi Kamoliddin Berdiyev.

Uchrashuvda Germaniyada yashayotgan o‘zbekistonlik yoshlar o‘zlarining kelgusidagi rejalari, fikr-o‘ylari haqida batafsil so‘zlab berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют