» » Jahon futboli afsonasi Diyego Maradona oyoqsiz qozog‘istonlik bolakay orzusini amalga oshirdi (video)

Jahon futboli afsonasi Diyego Maradona oyoqsiz qozog‘istonlik bolakay orzusini amalga oshirdi (video)


Argentina hamda jahon futbolining afsonasi Diyego Maradona qozog‘istonlik oyoqlari yo‘q bolakay bilan birga futbol o‘ynab, uning orzusini ro‘yobga chiqardi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Qozog‘istonlik yosh futbol muxlisi Ali Amir ijtimoiy tarmoqlarda Maradona bilan uchrashish orzusida ekanini yozadi, Maradona esa uni mashg‘ulot jarayoniga taklif etdi.

Mashg‘ulot jarayonida qozog‘istonlik bolakay Diyego bergan zarbalarni qaytargan. Shuningdek, to‘p o‘yinga kiritishda qo‘llaridan foydalangan. Maradona mashg‘ulotdan so‘ng Amirga sovg‘alar berib, futbolkasiga o‘z imzosini qo‘yib berdi. O‘z navbatida Amir jahon futboli afsonasiga qozoq choponi va do‘ppisini sovg‘a qilgan.

Ma’lumot uchun Maradona ayni vaqtda BAAning ikkinchi divizionidagi “Al-Fujayra” jamoasi bosh murabbiy bo‘lib ishlamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют