» » Shavkat Mirziyoyev Koreyalararo sammit yakunlarini olqishladi

Shavkat Mirziyoyev Koreyalararo sammit yakunlarini olqishladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya rahbari Mun Chje Inga maktub yo‘llab, unda Pxanmunjomda o‘tgan Koreyalararo sammit yakunlari O‘zbekiston tomonidan to‘la qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi. Maktub matni Prezident matbuot xizmati tomonidan keltirildi.

“Sizni 2018-yil 27-aprel kuni Pxanmunjomda koreys xalqi solnomasida tarixiy ahamiyat qozongan Koreyalararo sammitni o‘tkazganingiz bilan samimiy tabriklayman”, — deyiladi maktubda.

“Jahon hamjamiyati diqqat markazida bo‘lgan bu uchrashuvning ulkan natijalari Sizning qat’iy pozitsiyangiz hamda Koreya Respublikasi hamda Koreya Xalq-Demokratik Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga, global xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga, shuningdek, mintaqada o‘zaro ishonchni mustahkamlashga qaratilgan tinchliksevar kurs realizatsiyasi yo‘lidagi tinimsiz sa’y-harakatlaringiz tufayli mumkin bo‘ldi”.

“Koreya Respublikasining strategik hamkori bo‘lmish O‘zbekiston Respublikasi koreys xalqining yaqinlashish, umumiy taraqqiy va gullab-yashnash uchun Koreys yarim orolida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash yo‘lidagi amaliy qadamlarini bundan keyin ham kuzatib va qat’iy qo‘llab-quvvatlab boradi”.

“Ishonchim komilki, koreys xalqining ayrilgan oilalarning birlashishi, aloqalarning tiklanishi bo‘yicha ko‘p yillik orzulari amalga oshadigan, bu mintaqa esa mustahkam tinchlik va farovonlikka ega bo‘ladigan muborak kun keladi”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2018, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют