» » Koreya prezidenti KXDR bilan o‘tkaziladigan sammit tufayli Markaziy Osiyoga tashrifini kechiktirdi

Koreya prezidenti KXDR bilan o‘tkaziladigan sammit tufayli Markaziy Osiyoga tashrifini kechiktirdi


Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In rejalashtirilayotgan Janubiy va Shimoliy Koreya sammiti tufayli Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashrifini keyinga qoldirdi, deb yozadi “Kazinform”.

“Prezident Mun Chje In Markaziy Osiyoning bir nechta mamlakatlariga tashrif buyurishni rejalashtirgan edi. Ammo ikkita Koreya o‘rtasida sammit o‘tkazilishi sababli, shuningdek, KXDR va AQSh o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan sammit tufayli, uning tashrifi biroz kechiktirilmoqda”, — deya ma’lum qildi Koreya Respublikasi prezidenti huzuridagi shimoliy yo‘nalish bo‘yicha iqtisodiy hamkorlik qo‘mitasi raisi Son Yon Gil.

Shu bilan birga, u Mun Chje In Markaziy Osiyo mamlakatlariga tez orada tashrif buyurishiga ishonch bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют