» » Seulda KXDR bilan yarashishga qarshi ommaviy norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi

Seulda KXDR bilan yarashishga qarshi ommaviy norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi


Janubiy Koreya poytaxtida Shimol bilan yarashishga qarshi ommaviy norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Unda minglab odamlar qatnashdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Aytilishicha, tadbirga ko‘plar AQSh bayroqlarini ko‘tarib kelgan. Shuningdek, “Amerika, rahmat!” yozuvi tushirilgan transparantlar ko‘zga tashlangan.

Janubiy Koreya qonunchiligiga ko‘ra, KXDR “aksildavlat tashkiloti”dir. Shunga qaramay, Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Shimol rahbari Kim Chen In bilan sammit o‘tkazib, yarashuvga erishdi. Bu ikki Koreya o‘rtasidagi urushni ko‘rgan fuqarolarning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2018, 19:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют