» » Bugun tongda Shohjahon Ergashev chempionlik kamari uchun jang qiladi, Sport-TV esa jangni jonli efirda namoyish etadi

Bugun tongda Shohjahon Ergashev chempionlik kamari uchun jang qiladi, Sport-TV esa jangni jonli efirda namoyish etadi


Bugun, 29-aprel tongida o‘zbekistonlik yengilmas bokschi Shohjahon Ergashev WBA International chempionlik kamari uchun xitoylik Vang Jimingga qarshi ringga ko‘tariladi.

“Olamsport.com” nashrining xabar berishicha, mazkur jangda Shohjahonning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda. Mutaxassis va muxlislar, shuningdek, bukmekerlik kompaniyalari Ergashevni favorit sifatida e’tirof etgan. Bukmekerlik kompaniyalari Ergashevning g‘alabasi uchun 1.03 nisbat bergan. Xitoylik bokschining g‘alabasi uchun esa 14,5 nisbat berilgan.

Ma’lumot uchun Shohjahon Ergashev ishtirokidagi jang bugun erta tong soat 05:00 dan so‘ng boshlanishi kutilmoqda. Boshqa janglar natijasiga qarab, to‘qnashuv boshlanish vaqti biroz o‘zgarishi mumkin. Jang Sport-TV telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2018, 00:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют