» » Makronning rafiqasi Melaniya Trampning hayotidagi qiyinchiliklar haqida so‘zlab berdi

Makronning rafiqasi Melaniya Trampning hayotidagi qiyinchiliklar haqida so‘zlab berdi


Fransiya prezidentining rafiqasi Brijit Makron Amerika yetakchisining rafiqasi Melaniya Tramp unda qanday taassurot qoldirganligi haqida so‘zlab berdi. Bu haqda u Le Monde gazetasiga ma’lum qildi, deb yozadi The Guardian.

Uning so‘zlariga qaraganda, Trampning rafiqasi mehribon, maftunkor, aqlli va juda ochiq. U, shuningdek, Melaniya omma oldida biroz xo‘mraygan ko‘rinishi mumkinligi, biroq aslida u bunday emasligini qo‘shimcha qildi. “U biror narsadan oson kulib yuborishi mumkin, biroq buni menga qaraganda kamroq ko‘rsatadi”, — ta’kidlaydi Brijit.

Shu bilan birga Makronning rafiqasi, Melaniyaning hayot tarzi ancha cheklanganligini ma’lum qildi. “U hatto Oq uyning derazasini ocha olmaydi. Ko‘chaga chiqa olmaydi. Uning cheklovlari menikiga qaraganda ko‘proq”, — deydi Fransiya birinchi xonimi va u Parij ko‘chasiga har kuni chiqishini qo‘shimcha qildi. Brijit o‘g‘li, ikki qizi va nabiralari bilan uchrashib turishini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют