» » O‘zbekiston oziq-ovqat xavfsizligi reytingida dunyoda 64-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston oziq-ovqat xavfsizligi reytingida dunyoda 64-o‘rinni egalladi


AQShning izlanishlar markazi o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, O‘zbekiston oziq-ovqat xavfsizligi reytingida dunyoda 64-o‘rinni egalladi. Bu haqda Milliy matbuot markazida “O‘zstandart” agentligi tomonidan respublikada oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida tashkil etilgan matbuot anjumanida xabar berildi.

Bir yil oldin O‘zbekiston reytingda 75-o‘rinda edi. O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash borasida samarali ishlar olib borilayotganligi sababli, mamlakat yildan-yilga dunyo reytingida yuqorilab bormoqda, deyiladi xabarda.

Bu borada “O‘zstandart” agentligi, “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi tomonidan ham amaliy ishlar olib borilmoqda, jumladan laboratoriyalarning moddiy texnik bazalarini modernizatsiya qilish, zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash hamda xalqaro standartlarni amaliyotga joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Korxona qoshidagi xalqaro talablarga javob beradigan, zamonaviy jihozlangan Kimyo-biologiya laboratoriyasi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sinash hamda ularning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashga ixtisoslashtirildi. Laboratoriyaning akkreditatsiya doirasi, mahsulotlarni sinash bo‘yicha 770 ta (shundan 30 ta xalqaro ISO standartlari) sinov uslublariga kengaytirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют