» » Sergelidagi maktab chiqindixonasi oldidan mashq granatasi topildi

Sergelidagi maktab chiqindixonasi oldidan mashq granatasi topildi


Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 6-maktab chiqindixonasi oldidan 30-aprel kuni tongda qo‘l granatasiga o‘xshash buyum topilgani haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda shahar IIBB Axborot-multimedia markazi xabar bermoqda.

“Voqea joyiga yetib borgan mutaxassislar ko‘rsatilgan joyda ustiga ‘Учебная’ deb yozilgan qora rangli mashq qo‘l granatasini topgan”, — deyiladi IIBB axborotida.

Qayd etishlaricha, hozirgi vaqtda qo‘l granatasining mulyaji qanday qilib tegishli o‘quv inshooti hududidan tashqariga chiqib qolganini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.

30-aprel kuni tongda internetda Sergelidagi 6-maktab oldida “bomba” topilgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarning foydalanuvchilari o‘quvchilar o‘z ota-onalaridan ularni olib ketishni iltimos qilganliklari haqida yozgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют