» » ?Superliga. “Bunyodkor” Qo‘qonda ham yutqazdi, “Qizilqum”ga esa legionerlar yirik g‘alabani taqdim etdi

?Superliga. “Bunyodkor” Qo‘qonda ham yutqazdi, “Qizilqum”ga esa legionerlar yirik g‘alabani taqdim etdi


Bugun, 30-aprel sanasida 9-tur doirasida yana 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tishi belgilangan edi. Shulardan ikkitasi o‘z nihoyasiga yetdi.

Jumladan, Navoiyda “Qizilqum” Olmaliqning AGMK jamoasini qabul qilib, 3:0 hisobidagi yirik g‘alabaga erishdi. E’tiborlisi, uchrashuvdagi barcha gollar “Qizilqum” legionerlari — Nemanya Yovanovich, Artur Gevorkyan hamda Elguja Grigalashvililar tomonidan kiritildi. Mazkur g‘alabadan so‘ng “Qizilqum”ning ochkolari soni 9 taga yetdi va jamoa AGMKni musobaqa jadvalida ortda qoldirib, 9-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Kunning yana bir uchrashuvida esa “Qo‘qon-1912” jamoasi Mirjalol Qosimov boshchiligidagi “Bunyodkor”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvdagi yagona gol ikkinchi bo‘limning 80-daqiqasida Nosir Otaqo‘ziyev tomonidan kiritildi. Qo‘qonliklar shu tariqa muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng “Qo‘qon-1912” hisobidagi ochkolar soni 13 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Bunyodkor” esa 16 ochkosi bilan 3-o‘rinda qoladigan bo‘ldi.

Ayni damda turning so‘nggi o‘yini Qarshida “Nasaf” hamda Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoalari o‘rtasida kechmoqda.

Pepsi Superliga

9-tur bellashuvlari

30-aprel, dushanba

Gollar: 1:0 — 36, penalti Nemanya Yovanovich, 2:0 — 63 Artur Gevorkyan, 3:0 — 87 Elguja Grigalashvili.

“Qizilqum”: 77. Yevgeniy Cheremisin, 4. Erkin Boydullayev, 5. Giorgiy Kvesiyeshvili, 10. Alisher Sanoyev, 11. Doniyor Usmonov, 14. Fayzulla Qambarov, 17. Artur Gevorkyan (18. Samandar Shodmonov, 86), 21. Muhsinjon Abdullayev, 23. Sherali Jo‘rayev, 30. Elguja Grigalashvili, 84. Nemanya Yovanovich.

AGMK: 33. Pavel Matyash, 2. Abduqahhor Hojiakbarov, 4. Xurshidbek Muxtorov (77. Otabek Zokirov, 46), 8. Muzaffarjon Muzaffarov, 10. Shohnazar Norbekov, 15. Vladimir Bubanya, 19. Vladislav Kasminin, 21. G‘ulomhaydar G‘ulomov (17. Kamoliddin Murzoyev, 68), 23. Yovan Jokich, 24. Javlon Guseynov, 87. Vadim Chemirtan

Ogohlantirishlar: Abduqahhor Xojiakbarov (35), Javlon Guseynov (60), Erkin Boydullayev (69), Alisher Sanoyev (83).

Gol: 1:0 — 80 Nosirbek Otaqo‘ziyev.

“Qo‘qon-1912”: 1. O‘tkir Yusupov, 7. Jamshid Hasanov, 10. Javohir Sidiqov (5. G‘iyos Komilov, 90), 15. Oybek Rustamov, 17. Quvondiq Ro‘ziyev, 19. Suhrob Berdiyev (9. Nosirbek Otaqo‘ziyev, 75), 23. Aleksandr Merzlyakov, 29. Igor Taran (96. Muhammadanas Hasanov, 56), 55. Darko Gojkovich, 65. Marko Milich, 95. Milan Spremo.

“Bunyodkor”: 25. Murodjon Zuhurov, 2. Rustamjon Ashurmatov, 4. Akramjon Komilov (9. Shahzodbek Nurmatov, 45), 3. Islomjon Qobilov, 28. Davronbek Umirov, 11. Murodjon Toshmatov, 18. Sardor Sobirxo‘jayev, 20. Mirg‘iyos Sulaymonov, 30. Xurshid G‘iyosov (21. Rasul Yuldoshev, 88), 44. Mirjamol Qosimov, 99. Filip Rayevats (62. Jahongirbek Abdusalomov, 90+1).

Ogohlantirishlar: Filip Rayevats (34), Islom Qobilov (62).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2018, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют