» » Shavkat Mirziyoyev Toshkent hokimi haqida: “Birinchi marta biznesmen hokim bo‘ldi”

Shavkat Mirziyoyev Toshkent hokimi haqida: “Birinchi marta biznesmen hokim bo‘ldi”


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-aprel, dushanba kuni Toshkentda Turkiya biznesi va banklari rahbarlari qarshisida nutq so‘zlayotib, ularga Toshkentning yangi hokimi — Jahongir Ortiqxo‘jayevni tanishtirdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

“Men O‘zbekiston tarixida birinchi marta o‘zim ishonadigan tadbirkorni Toshkent hokimi etib tayinladim. Bunaqasi tarixda bo‘lmagan”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

“Bu joriy islohotlarni tushunadigan, byurokratiyadan uzoq bo‘lgan, Toshkent shahrining ertangi kuni qanday bo‘lishini tasavvur qiladigan, zamonaviy yigit O‘zbekistonga toza havo kirishi uchun, investorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun tayinlandi”, — deya ta’kidladi Prezident.

“U bizning ko‘pchilik rahbarlarimiz kabi raykom, partiya singari byurokratiya tizimlarining hech birida ishlamagan. Bu tadbirkor. Shunga qaramay, men bu tadbirkorni eng yirik hududimiz — Toshkent rahbari etib tayinladim”, — dedi davlat rahbari.

“Ertangi kunni men faqat tadbirkorlarga ishonaman. Shu sababli qaror qildim: tadbirkor — Toshkent shahar hokimi”, — dedi u.

“Bugungi kundan e’tiboran u ikki karra mas’uliyatga ega, — deya qo‘shib qo‘ydi Shavkat Mirziyoyev. — Agar sizlar (turkiyalik investorlar) Toshkentda birorta to‘siqqa duch kelsangiz, u javobgar bo‘ladi”.

Akfa kompaniyalari asoschisi, Artel Engineering va Tashkent City direktori Jahongir Ortiqxo‘jayev 26-aprel kuni Toshkent hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют