» » Facebook “tarixni o‘chirish” imkoniyatini ishga tushiradi

Facebook “tarixni o‘chirish” imkoniyatini ishga tushiradi


Facebook brauzerida “Tarixni o‘chirish” tugmasi analogi paydo bo‘ladi. Bu haqda ijtimoiy tarmoq asoschisi Mark Sukerberg ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

“Veb-brauzerimizda cookie-fayllarni va tarixni o‘chirishning oddiy usuli bor. G‘oya shundaki, ko‘pchilik saytlarga ishlash uchun cookie-fayllar talab etiladi, biroq sizda tarixni o‘z xohishingizga ko‘ra o‘chirish imkoniyati bo‘lishi kerak. Biz ham Facebook uchun shunga o‘xshash narsa yaratayapmiz”, — deb yozadi Sukerberg.

Uning so‘zlariga qaraganda, foydalanuvchi akkaunt sozlamalarida qaysi ilovalarga o‘tganligi va qaysi saytlarga kirganligi haqidagi ma’lumotni o‘chirishi mumkin bo‘ladi.

Kompaniya “tarixni o‘chirish” imkoniyatini yaratish uchun oylar ketishini ta’kidladi. Bu vaqt davomida ijtimoiy tarmoq rahbariyati qonun chiqaruvchilar va regulyatorlar bilan konsultatsiyalar o‘tkazadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2018, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют