» » Harbiy xarajatlar bo‘yicha yetakchi mamlakatlar ma’lum qilindi

Harbiy xarajatlar bo‘yicha yetakchi mamlakatlar ma’lum qilindi


Stokgolm dunyo muammolarini tadqiq etish xalqaro instituti (SIPRI) harbiy xarajatlari eng yuqori bo‘lgan mamlakatlar reytingini e’lon qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Ekspertlar ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha harbiy xarajatlar 2017-yilda 1,7 trillion dollarni tashkil etgan, bu 2016-yilgidan 1,1 foizga ortiq.

Yillik harbiy xarajatlari eng yuqori bo‘lgan davlat AQShligicha qolmoqda. Mamlakatning dunyoviy xarajatlardagi o‘tgan yilgi ulushi 35 foizni tashkil etdi.

Ikkinchi o‘rindan Xitoy joy olgan, uning 15 mamlakatdan iborat ro‘yxatdagi ulushi 13 foiz atrofida.

Rossiya ro‘yxatdagi uchinchi o‘rnini Saudiya Arabistoniga (4 foiz) bo‘shatib berib, to‘rtinchi o‘rinni (3,8 foiz) egalladi. Beshinchi o‘rindan Hindiston (3,7 foiz) joy oldi.

Ro‘yxatdan, shuningdek, G‘arbiy Yevropa davlatlari — Fransiya (6-o‘rin), Buyuk Britaniya (7-o‘rin), Germaniya (9-o‘rin) va Italiya (12-o‘rin) o‘rin olgan. Ularning birgalikdagi ulushi 10 foizni tashkil etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют